Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ijduvonda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida qator ishlar bajarildi
07:55 / 2022-11-05

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishda uzluksizlikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

[gallery-9446]

Xususan, joriy yil “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida G‘ijduvon tumanining “Saidkent” va “Baqqollar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Buxoro hududiy elektr ta’minoti korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “G‘ijduvon tuman elektr ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan tumanning Saidkent mahallasi hududiga 225 dona mustahkam temir-beton tayanch ustun o‘rnatildi. 10 ming 800 metr uzunlikda 0,4 kilovolt kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘i zamonaviy SIP kabellari hamda 900 metr uzunlikdagi 10 kilovoltli elektr uzatish tarmog‘i tortildi. Iste’molchilarga yanada sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida qo‘shimcha 1 dona 250 kVA quvvatdagi yangi transformator punkti o‘rnatildi va 1 dona quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punkti 250 kVA quvvatlisiga almashtirildi. Shuningdek, mavjud 4 dona transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.  

“Baqqollar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 82 dona ma’nan eskirgan simyog‘ochlar yangilanib, yangi temir-beton tayanch tiklandi. 4 ming 800 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i yangilandi, himoyalangan SIP kabellari tortildi. Dasturga binoan, hududdagi 160 kVA quvvatdagi transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kVA quvvatdagisiga almashtirildi, ikkitasi mukammal ta’mirlandi.  

 

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA