Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘ijduvon qo‘rg‘oni”dagi madaniy meros ob’ektlari sayyohlar tashrifiga muntazir
10:21 / 2021-02-10

Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamenti, Buxoro viloyati hokimligi hamda Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan qadimiy “G‘ijduvon qo‘rg‘oni” qayta tiklanmoqda.

 Ayni paytda “Qo‘rg‘on” va “Chorsu” mahallalari negizida “Turizm mahallasi”ni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

– XIX asrga oid “Bozori qaymoq”, “Boloyi Qassobon”, “Boborahimboy” masjidlari hamda XVI asrga oid “Eski tosh hammom” ob’ektida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va restavratsiya ishlari yakunlandi, – deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimi Aziz Jo‘rayev. – Aholi va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishiga tayyorlandi.

“Bozori Qaymoq” masjidi oldidagi maydonda tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2 ta milliy arxitektura an’analariga xos uslubdagi ayvonlar o‘rnatildi. G‘ijduvon tumani qadimiy “Qo‘rg‘on” mahalasi hududida joylashgan XVI asrga oid “Eski tosh hammom” ob’ektini asl tarixiy hammom sifatida foydalanishga tayyorlash ishlari yakunlanib, qaytadan o‘z faoliyatini boshladi.

Zarif Komilov, O‘zA