Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengayadi
15:59 / 2023-01-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "G‘ijduvon" erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,  ushbu erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi.

Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida G‘ijduvon tumanidan 150,8 gektar hamda Romitan tumanidan 200 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh turgan yaylov va bo‘z yer maydonlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

 Jami 350,8 gektar bo‘sh yer uchastkalari hisobiga "G‘ijduvon" erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi.

Buxoro viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “G‘ijduvon" erkin iqtisodiy zonasining yangi hududlari bosh rejasini ishlab chiqib, tasdiqdan o‘tkazishadi.

                                                                                      O‘zA