FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “QR Gastronomic Quality” loyihasi doirasida “DMO Karakalpakstan” jamoat birlashmasi tashabbusi bilan “Umumiy ovqatlanish joylarida gigiyena va sifatni boshqarish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oshpazlar uyushmasining Nukus shahridagi hududiy bo‘limi rahbari G. Yo‘ldoshev olib bordi. Tadbir O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘istonda amal qilayotgan xalqaro standartlar va sanitariya me’yorlariga muvofiq umumiy ovqatlanish joylarida oziq-ovqat sifati, gigiyenasi va xavfsizligini boshqarish tizimlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminarda kafe, restoran va choyxonalar egalari hamda boshqaruvchilari, bosh oshpazlar, ofitsiantlar va zal menejerlari, gastronomik loyihalar vakillari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-27384]
Tadbir ishtirokchilarda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, xodimlar va rahbariyat mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA