French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanishga oid hujjat tasdiqlandi
15:35 / 2024-07-30

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini belgilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘ligiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinadigan gidrotexnika inshootlari ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ uch oy muddatda fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinadigan o‘z tizimidagi gidrotexnika inshootlarini sug‘urtalash uchun talab etiladigan barcha ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazib, sug‘urta shartnomalari tuzishni tashkil etadi.

Sug‘urta qilinadigan gidrotexnika inshootlari ro‘yxatiga kiritilgan gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar mablag‘lari hisobidan fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta mukofoti to‘lovlarini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning xarajatlari 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida, 2025 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zA