Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidroponikada pomidorning pishib yetilish davri 20-30 kunga qisqaradi
17:26 / 2019-10-31

Dang‘ara tumanidagi “Zimniy sad” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy gidroponika kompleksida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi.


Dang‘ara tumanidagi “Zimniy sad” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy gidroponika kompleksida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi.

Ayni paytda bu yerda gidroponika usulida “Pingporodis” navli 56 ming tup pomidor ko‘chati parvarishlanmoqda. Undan 170 tonna pomidor yetishtirilishi rejalashtirilgan. Jamiyat ishchilarining aytishicha, gidroponika usulidagi issiqxonada maxsus unumdor yerga zarurat bo‘lmaydi —o‘simliklar sun’iy muhitda tuproqsiz yetishtiriladi.

Bu yerda tejamkor energiya, tomchilatib sug‘orish va oziqlantirish tizimi mavjud. Bunday issiqxonalarda oddiylariga nisbatan 2–2,5 barobar ko‘p hosildorlik kuzatiladi. Pomidorning pishib yetilish davri 20–30 kunga qisqarishi, hosil berish davri esa 50–60 kunga uzayishi bu usulning yana bir afzalligi hisoblanadi. Innovatsion texnologiya asosida barpo etilgan issiqxonada yiliga to‘rt martagacha hosil olish mumkin. Havo harorati o‘ta isib ketgan taqdirda ham issiqxona ichidagi maxsus sovutish moslamasi havoni mo‘tadillashtirib, ko‘chatning bir maromda rivojlanishini ta’minlaydi.