Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi qanday?
14:52 / 2022-11-02

Hukumatning joriy yil 1 noyabrdagi qarori bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, uskuna qiymatining 100 million so‘mdan oshmagan qismi respublika byudjetidan qoplab beriladi. Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi.  

Arizaga uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi hamda uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi kabi hujjatlar ilova qilinadi.  

Vakil arizani ko‘rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani ko‘rib chiqib, 5 ish kunida xulosa beradi. Xulosa my.vetgov.uz orqali “O‘zbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi.  

Shuningdek, agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi. Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib, pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi. Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchining hisobraqamiga o‘tkazib beradi.  

 

O‘zA