Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat muassasasi tashkil etiladi
11:07 / 2021-05-18

Prezidentimizning 2020 yil 17 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi Meteoinfosistem axborot-texnik boshqarmasi negizida «Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat muassasasi tashkil etilishi belgilangandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida «Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

– Gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil etish va gidrometeorologik hamda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan almashish uchun yagona telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish;

– katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarga ishlov berish va tahlil qilish, gidrometeorologik va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini modellashtirish uchun yuqori tezlikka ega kompyuter markazlaridan keng foydalanish;

– Gidrometeorologiya xizmati xodimlarining, ayniqsa, katta hajmdagi raqamli ma’lumotlar, kompyuter modellashtirish, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish.