Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidrometeorologiya xizmati markazi 30-31 oktyabr kunlari kunduzi havo harorati10-13 daraja iliqgacha pasayishini ma’lum qildi
09:06 / 2022-10-29

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

30 oktyabrda respublika hududi, 31 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.  

Tog‘li hududlarda 30-31 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik(yomg‘ir,qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.  

30-31 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.  

Kunduzi havo harorati10-13 daraja iliqgacha pasayadi.

O‘zA