Gidrometeorologiya xizmati markazi 17 oktyabr kuni yurtimizga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 18-19 oktyabr kunlari qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 8-10 daraja iliqgacha pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 15-20 iliqgacha pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylandi) bo‘ladi.
17-18 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
O‘zA