FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida joylashgan “Qizketken-Kegeyli” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli “Do‘stlik” magistral kanalining PK-252 nuqtasida joylashgan “Do‘stlik-1” gidroinshooti 1955 yilda foydalanishga topshirilgan. Gidrouzel Nukus, Kegeyli, Chimboy, Bo‘zatov, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlariga “Kegeyli”, “Quvanish-jarma”, “Kuk-uzyak” va “Yestek” kanallari orqali, jami 161 ming gektardan ortiq yer maydoniga suv yetkazib beruvchi asosiy inshoot hisoblanadi.
[gallery-8064]
Hozirda gidrouzelning “Kegeyli” kanali suv taqsimlash bosh inshootida ta’mirlash va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib borilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 288 million so‘mni tashkil etib, gidroinshoot to‘siqlarini bo‘yash va jihozlarni o‘rnatish ishlari “RATUFER SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bajarilmoqda.
Gidroinshootga avtomatik boshqarish tizimi o‘rnatilgach, dispetcherlik xonasidan uskunani boshqarish imkoni yaratiladi.
Ta’kidlash joiz, «Quvanish-jarma» kanaliga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi KOICA grant mablag‘lari hisobidan “Aqlli suv” qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu qurilma yordamida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish, hududlarga yetkazib berilayotgan suv resurslarini onlayn kuzatib borish hamda suvning aniq hisob-kitobini yuritishga erishilmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar