Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidrogeologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlari muhokama qilindi
17:36 / 2022-10-14

Geologiya fanlari universitetida "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" davlat muassasasi tomonidan "Zamonaviy gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlari" mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Chexiya va Polshalik mutaxassislar tomonidan onlayn tarzda ma’ruzalar qilingan tadbirda gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi hamda geoekologiya yo‘nalishlaridagi dolzarb muammolar, tabiiy global o‘zgarish va texnogen sharoitlarning gidrogeologik muhitga, yer osti suvlariga ta’siri, ularni hal etish yo‘llari hamda ilmiy-tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirish, shuningdek, geologik muhitni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

Anjumanning amaliy ahamiyati respublikamiz ravnaqi yo‘lida gidrogeologik, muhandis-geologik hamda geoekologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlarini asoslash, tabiiy global o‘zgarish va texnogen sharoitlar ta’siri davrida geologik muhitni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida mutaxassislar bilan fikr almashish va yaqin kelajakdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishga qaratilgan.

Anjuman yakunida yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha eng dolzarb va yaqin kelajakda zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA