English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidroenergetika sohasida 173 megavattli yangi quvvatlar amaliyotga tatbiq etiladi
13:54 / 2022-02-08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan energetika tizimida bir qator loyihalar amalga oshiriladi.

Strategiyada “yashil” energetikani yanada rivojlantirish borasida ustuvor vazifalar belgilangan. Ayniqsa,  bu ishlar ko‘lamida gidroenergetika sohasi  ham yetakchilik qiladi. 

Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-2026 yillarda qayta tiklanuvchi manbalar ulushini oshirish, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga solish,  elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash kabi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. 

Masalan, 2022 yilda gidroenergetika sohasida umumiy quvvati 173 megavattli 7 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.  

Xususan, Samarqand viloyatida 3 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilsa, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi mavjud 4 ta gidroelektr stansiyasi modernizatsiya qilinadi. Bu ishlar natijasida 173 MVt yangi quvvatlar yaratilib, yurtimizda gidroelektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 225 MVtga yetkaziladi, deyiladi vazirlik xabarida.  
 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA