Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gibraltarda kitlar kemani cho‘ktirdi
12:02 / 2024-05-14

Marokash suvli hududiga kiruvchi Gibraltar bo‘g‘ozida kitlar galasi kemaga hujum qildi, deb yozdi “Pais” gazetasi tegishli manbalarga tayanib.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, uzunligi 15 metr keladigan “Alboran Cognac” kemasi yakshanba kuni ertalab kitlar bilan to‘qnash kelgan. Halokat signali chalingandan keyin kemani yaqin oradan suzib o‘tayotgan neft tashuvchi tanker qutqarib, Gibraltar portiga sudrab kelgan. Afsuski, kema baribir cho‘kib ketgan.

Ekspertlar fikricha, taxminan 15 kitdan iborat to‘da Pireney oroli shimoli va Gibraltar bo‘g‘ozi oralig‘ida yashaydi.

Shunga o‘xshash ilk hujjatlashtirilgan hodisa 2020 yil may oyida yuz bergan edi. Hozirgacha kit hujumi natijasida yetti kema halokatga uchragan. Ulkan suv jonivori besh yelkanli, ikki baliqchi kemani cho‘ktirib yuborgani qayd qilingan.