Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
GFRda fojia yuz berdi
16:11 / 2024-12-21

Germaniyada mashina olomonni bosib ketdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi, 68 odam jarohat oldi. Bu haqda BBC ma’lum qilgan.

Magdeburg shahrida Rojdestvo bayrami munosabati bilan savdo markazida uyushtirilgan bozorga chiqib, hayotdan ko‘z yumganlarning biri yosh bola. Shikastlanganlarning 15 nafari og‘ir ahvolda.

SNN yozishicha, shubha ostidagi haydovchi, Saudiya Arabistonidan kelgan shifokor Saksoniya-Anxaltda ishlaydi, 2006 yildan beri GFRda yashaydi.

"Gumonlanuvchi 50 yoshli erkak, mamlakatda doimiy yashash huquqini beradigan ruxsatnomaga ega", dedi shtat ichki ishlar vaziri Tamara Ziyeschang.

Insonlarga hujum qilishda foydalanilgan mashina ijaraga olingan.

Ta’kidlash joiz, Saksoniya-Anxalt shtati ma’muriy markazi hisoblangan  Magdeburg shahrida 240 mingga yaqin odam istiqomat qiladi.

Mash’um voqea munosabati bilan Germaniyada motam e’lon qilinadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA