Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
GFR Ukrainaga 200 million dollarlik harbiy yordam ajratmoqchi
19:52 / 2025-12-03

Germaniya Kiyevga harbiy texnikalar xaridi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratadi. Bu haqda GFR tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mablag‘lar AQSH prezidenti Donald Tramp bilan kelishilgan “PURL” dasturi doirasida beriladi.

Germaniya mazkur mexanizm ishga tushgandan buyon joriy yil oktyabr oyida 500 million dollarlik qurol-yarog‘ paketini moliyalashtirdi. Shuningdek, ushbu o‘lka Niderlandiya, Norvegiya va Polsha bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan yana ikkita paketni ham moliyalashtirishda ko‘maklashdi.

Bundan tashqari, Germaniya NATO jamg‘armasiga 25 million yevro yo‘naltiradi. Bu mablag‘ Ukraina harbiylarini qishki sharoitda zarur jihozlar va tibbiy yordam bilan ta’minlashga qaratilgan.

D.Hakimov, O‘zA