Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geyts suvdan yonilg‘i ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda
20:51 / 2023-12-04

Yuk tashish ko‘p yillardan beri global iqlim kun tartibidan chetda qolib kelayotgan masala hisoblanadi. Zero, emissiya, deyarli, aviatsiya kabi keng ko‘lamli bo‘lishiga qaramay, butunlay tartibga solinmaydi – global chiqindining 3 foizi jami yuk tashish jarayoniga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yozda Yevropa Ittifoqi havo emissiyasini 2050 yilga qadar 80 foiz kamaytirish, shu bilan birga yuk tashishni ham qisqartirish taklifini kiritdi. O‘zgaruvchan yuk tashish sanoatiga nisbatan bosim yangi yonilg‘i turlarini qidirishni taqozo etmoqda.

“AzerTAJ” xabar berishicha, Shvetsiyaning “Liquid Wind” kompaniyasi ushbu sohaga sarmoya kiritib, mamlakat shimolidagi Ernshyoldsvik shahrida kemalar uchun elektron yonilg‘i chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirmoqda.

Loyihaga Bill Geyts qo‘shildi. Amerikalik tadbirkorning yirik jamg‘armasi – “Breakthrough Energy” g‘oyaning 15 foizini sotib olib, iqlim inqirozini hal qilish uchun texnologiyaga sarmoya kiritishini e’lon qildi. Maxsus texnologiya asosida metanol ishlab chiqarish uchun kogeneratsiya zavodida olingan elektr energiyasi, suv va karbonat angidridni birlashtirib, dengiz yonilg‘isi sifatida foydalanish mumkin. Rejaga ko‘ra, “Breakthrough” zavodi shu o‘n yillik o‘rtalarida dengiz yonilg‘isi ishlab chiqara boshlaydi.

Shvetsiya shimoli bu soha uchun Yeropadagi eng yaxshi joylardan biri, chunki, deyarli yuz foiz toza elektr energiyasiga ega.

– Menga bu loyihalar yoqadi, – dedi Bill Geyts Dubaydagi “COP28” iqlim sammitida. – Yuk tashish sohasi chiqindidan xalos bo‘lishi juda qiyin va juda ko‘p emissiya hosil qiladi.