French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
GESlarda har bir tomchi suvdan samarali foydalanilmoqda
17:44 / 2026-01-05

“O‘zbekgidroenergo” AJning barqaror faoliyati va samarali boshqaruvi suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishilmoqda.

Xususan, jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ham suv resurslarini samarali boshqarish, ham elektr energiyasi ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan bo‘lib, bu mamlakatning energetika xavfsizligi va barqaror rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

Ta’kidlash kerakki, ushbu tashkilotning samarali boshqaruvi va mas’uliyatli yondashuvi natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 15 foizga oshirildi hamda 2025 yilda “O‘zenergosotish” AJga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ahamiyatlisi, GESlarda har bir tomchi suvdan samarali va oqilona foydalangan holda, xalqimizga barqaror ravishda yorug‘lik manbaini yetkazilmoqda.

Jamiyat axborot xizmati rahbari Ravshan Boyqulov ta’kidlaganidek, “O‘zbekgidroenergo” AJning har bir gidro ob’ektida yuqori texnologiyalar joriy etilmoqda.  

– Shu bilan birga, kompaniyamizdagi mas’uliyatli yondashuv va ishonchli monitoring tizimi energiya hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Joriy etilgan innovatsion yondashuvlar natijasida suv resurslarining har bir tomchisi samarali taqsimlanmoqda. Bu nafaqat energiya ishlab chiqarishni maksimal darajada ta’minlaydi, balki xalqimizga uzluksiz va barqaror elektr ta’minotini ham kafolatlaydi, – dedi u.

N.Ziyodullayeva, O‘zA