Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geroin savdosining oldi olindi
07:52 / 2024-05-11

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida faol tadbirlar olib bormoqda.

Shunday tadbirlar davomida 1967-yilda tug‘ilgan, Urgut tumani Chep mahallasida yashovchi A.D. va 1982-yilda tug‘ilgan, Vatkan-Qo‘zibek mahallasida yashovchi Sh.X. jinoiy til biriktirib, giyohvand modda oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.D., Z.F. hamda Sh.X. harakatlanib ketayotgan avtomashinada 248,33 gramm miqdorda geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.  

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari fuqaro A.D. ga tegishli bo‘lib, uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaroga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Mazkur holat bo‘yicha Sh.X. va A.D.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri