Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyaning yetakchi sayyohlik operatorlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
09:33 / 2023-05-12

Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi uyushmasi – DRV vakillarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida 70 ta yirik sayyohlik operatorlari vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurib, Qoraqalpog‘iston Republikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining madaniy meros ob’ektlari va yaqinda tashkil etilgan sayyohlik ob’ektlari bilan  tanishadi.  

Tashrif yakuni bo‘yicha 16 may kuni Germaniya va O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi tadbirkorlari ishtirokida «Destination Forum»  anjumani va B2B uchrashuvlari tashkil etiladi. Anjuman doirasida  Germaniyaning yetakchi sayyohlik agentliklari va  turistik operatorlari uchun O‘zbekistonni yevropaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishi sifatida  tanishtirishga qaratilgan taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Madaniyat va  turizm vazirligi matbuot xizmati.  

N.Usmonova, O‘zA