Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyalik vakillar Buxoroda
14:58 / 2025-02-06

Germaniyaning “Seit fot tomorrov Gmb-H” tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya Buxoro viloyatiga yetib keldi.

Xorijiy delegatsiya a’zolari orasida shu tashkilot boshqaruvchisi Nils Gerdemann, tashkilot ma’muriy ishlar bo‘yicha menejeri Paulsen Jonas, rekruting Nikolas Gerdemann, loyihaning mamlakatimizdagi koordinatori Mirtolib Mirzohidov bor. Aytish joizki, “Seit fot tomorrov Gmb-H” Germaniyaning barcha hududlaridagi ish beruvchilar bilan hamkorlik qiluvchi asosiy rekruiting kompaniyalaridan biridir. 

Nils Gerdemann Germaniyaning “Duvenbek” shirkatida 30 yil boshqaruvchi vazifasida faoliyat yuritgan va Migratsiya agentlik bilan 2022 yil boshidan yo‘lga qo‘ygan hamkorligi doirasida O‘zbekiston mehnat resurslarining salohiyatidan kelib chiqib Germaniyada nafaqat yuk mashinasi haydovchilarini, balki boshqa turdagi soha mutaxassislari bandligini ta’minlash uchun o‘zining alohida rekruiting tashkilotiga asos solgan.  

Germaniya Federativ Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan yuk mashinasi haydovchilari xamda “Ausbildung” tizimi uchun bugungi kungacha 41 nafar fuqaro Migratsiya agentlik tomonidan “Duvenbeck” tashkilotiga yuborilgan.  

Germaniya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv dastavval Buxoro davlat universitetida nemis filologiyasi fakulteti o‘qituvchilari hamda bitiruvchi talabalar bilan o‘tkazildi. Buxoro davlat muhandislik texnologiya institutida ham bitiruvchilarning amaliyot jarayoni hamda mehmonlarga oliygoh texnika parki bazasi tanishtirildi.  

Chet el tashkiloti delegatsiyasi bilan muloqotda viloyat hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Adilov ishtirok etdi. Germaniya delegatsiyasiga ikki tomonlama shartnomaga muvofiq viloyatda boshlangan ishlar, istiqbolli loyiha amaliyotiga doir axborot berildi.  

Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bevosita ishsiz fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat olib borildi. Xorijiy bitimga muvofiq mehnat qilishni istovchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishga kirishildi. O‘z navbatida xorijiy rekruiting kompaniyasi rahbari Niels Gerdemann bu uchrashuvlarda viloyat vakillaridan tarkib topayotgan ishchi guruhlariga taklif etilayotgan ish turi, jumladan, ishlab chiqarish tarmoqlaridan tortib, boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga qabul qilishda hamkorlik istiqbollariga to‘xtaldi.  

Ta’kidlanganidek, uning yangi tashkiloti Germaniyadagi 40 taga yaqin ish beruvchi kompaniya bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi, ularning kelgusida O‘zbekistondan Germaniyaga jalb qilinadigan qariyb 160 nafar nomzodlari administrativ jarayonlarini olib borish, nemis diyori ish beruvchi tashkilotlari uchun nomzodlarning tanlov jarayoni, viza hujjatlari, O‘zbekistonda nemis tili va kasbiy qayta tayyorlash loyihalari hamda Germaniyada integratsion jarayonni to‘liq boshqarish xususida gap bordi.  

Buxorodagi samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorligini bildirgan nemis kompaniyasi rahbari Nils Gerdemann O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida taqdim etgan 2 dona “Yevro-6” rusumidagi og‘ir yuk avtomashinalarini kelgusida o‘zbekistonlik “C-E” toifa haydovchilik guvohnomasiga hamda nemis tilidan “A2 B1” daraja sertifikatiga ega nomzodlar boshqarishi, ularni Germaniyaga kuzatish oldidan O‘zbekiston hududida “Vatanparvar” tashkiloti bazasida kasbiy qayta tayyorlash va ularning mutaxassislik malakasini oshirish chora-tadbirlariga to‘xtaldi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri