FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga Germaniya Federativ Respublikasining “Median” tibbiyot klinikalari uyushmasi rahbari Sebastion Villkomm hamda mas’ul xodim Sanela Ahmetovich tashrif buyurdi.
Germaniyalik mehmonlar monomarkazda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoit, kasbga o‘qitish texnologiya va metodikasi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifning rasmiy qismida respublikamizning barcha 14 ta hududiy birligida mavjud monomarkazlar faoliyati natijasida ishsizlik muammosi samarali hal etilayotgani ta’kidlandi.
Germaniyaning “Median” tibbiyot klinikalari uyushmasi jahonning 10 ga yaqin mamlakatida faoliyat olib borayotgan bo‘lib, jami 15 000 tibbiyot vakili ushbu tarmoqda xizmat ko‘rsatadi.
Delegatsiya vakillari monomarkaz tinglovchilari bilan suhbat qurib, ularning tibbiy sohadagi hamda nemis tili bo‘yicha bilimini o‘rgandi.
[gallery-10630]
Tashrif doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida konferensiya tashkil etildi.
Unda ish beruvchilar o‘z tibbiyot klinikalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Konferensiyada mehmonlar mazkur loyiha hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunligi va hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanligini bildirib o‘tdi.
Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA