Germaniyalik fuqaroning COVID-19 ga qarshi 90 marta vaksina olgani ma’lum bo‘ldi
Germaniyaning Magdeburg shahrida 60 yoshli erkak koronavirusga qarshi 90 marotaba emlangan, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Uni hozir politsiya hibsga olgan. Taxmin qilinishicha, u sertifikatlarni sotish uchun ushbu ishga qo‘l urgan.
«Uni Aylenburg shahridagi tibbiy punktda qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi. Bu yerga u navbatdagi “dozani” olish uchun qatorasiga ikki kundan buyon qatnayotgan bo‘lgan.
Politsiya uning emlanganlik haqidagi bir nechta blankasini musodara qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u har gal vaksina olgani yangi hujjat bilan kelgan», - deya ta’kidlaydi mahalliy nashrlar.
O‘tgan yili dekabr oyida Italiyaning Biyella shaharchasida ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. Mahalliy aholi vakili koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish uchun silikon protez bilan kelgan va o‘zining qo‘li o‘rnida ko‘rsatgan, biroq vrachlarni alday olmagan.