Germaniyadan birinchi xabar
Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 20 yoshli Maftuna O‘sarova 2021 yil 2 avgust kuni Germaniyaning “Asklepios” zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
2016 yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan “takayasu sindromi”, ya’ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalindi va birinchi darajali nogiron bo‘lib qoldi.
Hozirda Maftuna O‘sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning “Asklepios” klinikasida 3 kun davomida ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi va intensiv davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini olmoqda.
Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o‘rganib, nazorat qilib bormoqda.
Ayni paytda Maftuna O‘sarovaning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda.
<iframe width="1156" height="650" src="https://www.youtube.com/embed/5d-A9js9dcY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
O‘zA