Germaniyada yana bir vazir iste’foga chiqishi mumkin
Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext o‘z tashabbusi bilan ishdan ketish niyatida, deb yozdi “Bild” gazetasi. Voqea shu hafta amalga oshishi ehtimoli yuqori.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, GFR Qurolli kuchlari bo‘yicha parlament komissari Yeva Xyogl uning o‘rnini egallashi kutilyapti.
Bu 2022 yil aprelda oila ishlari bo‘yicha vazir Anna Shpigeldan so‘ng Olaf Shols hukumatidagi ikkinchi iste’fo bo‘ladi.