Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada uchuvchilar ish tashlash e’lon qildi (+video)
14:05 / 2026-02-11

Lufthansa aviakompaniyasining uchuvchilari va bort kuzatuvchilari, ertaga 12 fevral kuni 24 soatlik ish tashlash o‘tkazishini ma’lum qildi. Ular pensiya shartlarini yaxshilash va kompaniyada rejalashtirilayotgan qisqartirishlar yuzasidan rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishni talab qilmoqda, deb xabar berdi DW agentligi.

Shuningdek, bu haqda 10 fevral kuni uchuvchilarning hamda bort kuzatuvchilarning kasaba uyushmasi ham xabar bergan. Lufthansa kompaniyasi ish tashlash munosabati bilan Frankfurt-na-Mayne, Myunxen, Hamburg, Berlin, Dyusseldorf va Germaniyaning boshqa shaharlaridan parvoz qilishi kerak bo‘lgan barcha reyslarni bekor qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasaba uyushmasi a’zolari “mojaroni keskinlashtirishni istashmaganini”, ammo kompaniya rahbariyatidan masalani ijobiy hal qilish uchun yetarli harakatlar bo‘lmayotganini aytishgan. Lufthansa matbuot kotibi Mark Baron esa ish tashlashni “noo‘rin chora” deb baholab, kasaba uyushmalarini muloqotga chaqirgan.

Kompaniyaning so‘nggi moliyaviy hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda Lufthansa olayotgan foydasining beshdan bir qismini yo‘qotgan. Shuningdek, rentabellik ko‘rsatkichlari Yevropadagi boshqa yirik aviakompaniyalardan ortda qolgan. Shu sababli kompaniya qarz yukini kamaytirish maqsadida 4 mingga yaqin ish o‘rinlarini  qisqartirishni rejalashtirilgan. Ularning qariyb  800 tasi bort kuzatuvchilariga to‘g‘ri keladi. Norozilik aynan shu qisqartirishlarortidan kelib chiqqani aytiladi.     

<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/nOpQQ4GGN90" title="Germaniyada uchuvchilar ish tashlash e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>         

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA