Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada tug‘ilish kamaymoqda
15:13 / 2023-06-08

Germaniyada, 70 yil avvalgi davrga qaraganda, umr ko‘rish davomiyligi o‘sish sur’ati pasaygan. Federal statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bu yurtda o‘tgan asr 50-yillarida 65 yoshdan katta aholi ulushi, qariyb, 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil bu ko‘rsatkich 22 foizga yetdi.

Xuddi shu davrda 15 yoshgacha bo‘lganlar ulushi 23 foizdan 14 foizga tushdi. Mehnatga layoqatli (15-64 yosh) aholi soni, deyarli, o‘zgarishsiz qoldi.

1950 yildagi 69,3 million aholi 2021 yilga kelib 83,2 millionga yetib, 20 foiz o‘sish namoyon bo‘lgan.

XXI asr birinchi o‘n yilligi oxirigacha sezilarli sur’atda kuzatilgan o‘rtacha umr ko‘rish darajasi o‘sishi vaqt o‘tishi bilan sekinlagan. Mutaxassislar ayni holatni “oraliq kuchli gripp to‘lqini” va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘laydi.

Aholi keksayishiga tug‘ilish sur’ati pasayishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur tendensiya migratsiya hisobiga qoplanmoqda. O‘tgan yil 1950 yildan beri eng katta sof o‘sish qayd etildi. Ukrainalik qochqinlarni ham qo‘shib hisoblaganda, aholi bir yarim million kishiga ko‘paygan. O‘tgan davrda ushbu davlatdan ko‘chib ketganlardan ko‘ra, mamlakatga kirib kelish holati ko‘proq sodir bo‘lgan. Bu tug‘ilish kamomadini to‘ldiradi. 1972 yildan buyon Germaniyada har yili tug‘ilishga nisbatan o‘lim holati ko‘p qayd etilmoqda.

O‘zA