Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada to‘g‘onda yoriq paydo bo‘lgani sabab odamlarni ko‘chirish boshlandi
15:33 / 2023-12-28

Germaniya shimolida kuchli yomg‘ir sababli Bremen yaqinidagi Liliyental kommunasida suv sathi ancha ko‘tarilib, to‘g‘onda yoriq paydo bo‘lgan. Ayni damda aholini havfsiz joyga ko‘chirish boshlandi, deb xabar tarqatdi mahalliy hokimiyat.

“Mexlandsdayxveg tumanidagi to‘g‘onda yoriq paydo bo‘ldi. Hozirda favqulodda holat xizmatchilari hududdagi aholini ko‘chirishni boshladi”, - deb yozgan Liliyental kommunasi hukumati ijtimoiy tarmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, kommunada transport harakati cheklangan, ayrim hududlarga kirish taqiqlangan. 

Germaniyada so‘nggi kunlarda kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqinlari ro‘y bermoqda. Iqlimshunoslarning ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘ir payshanba kuni to‘xtaydi, lekin juma kuni yana qaytadan boshlanadi.