Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada poyezd relsdan chiqib ketdi
11:20 / 2025-07-28

Germaniya janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg shtatida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, shuningdek, jiddiy jarohatlanganlar bor.

Bu haqda Germaniyaning “DPA” nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisa Ridlingen shahri yaqinida yuz bergan.

Ayni paytda voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari ishlamoqda.

Poyezd Zigmaringendan Ulmga ketayotgan edi.

Germaniya Federal politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 100 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

M.Pirmatova, O‘zA