Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada o‘zbekistonlik ayollar to‘qimachilik sohasi bo‘yicha tajriba orttirmoqda
18:20 / 2025-09-17

Mamlakatimizda xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va to‘qimachilik sanoatida zamonaviy bilimlarni joriy qilishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shu doirada O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida faoliyat olib borayotgan bir guruh ayollar Germaniyaga yo‘l olib, nufuzli oliygohlarda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ayni paytda “Gesamtmasche” tashkiloti ko‘magi va “GUZ Partners” dasturi doirasida ayollar Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universitetida maxsus o‘quv dasturlarida ishtirok etmoqda. 

Mashg‘ulotlar jarayonida ular mehnatni samarali tashkil qilish, ish jarayonlarini standartlashtirish, zamonaviy tikish texnologiyalari va sifat nazorati kabi muhim yo‘nalishlarda bilim olmoqda. Shuningdek, mehnat muhofazasi, 3D modellashtirish, raqamli naqsh yaratish hamda “Lean Management” usullari bo‘yicha tajriba o‘rganish imkoniyati yaratilgan. 

Bu tashabbus xotin-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini kengaytirish, ularning salohiyatini yanada mustahkamlash, eng asosiysi, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga ilg‘or Yevropa tajribasini tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA