Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada o‘n minglab transport xodimi ishdan bo‘shadi
17:59 / 2026-02-02

Bugun Germaniya bo‘ylab jamoat transporti yo‘lovchilari “Verdi” kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilgan ish tashlash doirasida o‘n minglab xodim ishdan bo‘shadi. Natijada juda ko‘p shaharlarda avtobus va tramvay xizmati to‘xtab qoldi.

Qariyb 100 000 transport xodimi huquqini himoya qiluvchi mazkur tashkilot o‘tgan hafta shahar va davlat ish beruvchilari bilan ish sharoiti bo‘yicha muzokara boshlagandi. Afsuski, kelishuv boshi berk ko‘chaga kirgach, ish tashlash e’lon qilindi.

“Reuters” xabar berishicha, ayrim shaharlar byudjet chekloviga duch kelganiga qaramay, kasaba uyushmasi qisqa ish kuni, davomli dam olish tanaffusi, shuningdek tungi vaqt va dam olish kuni ishlaganlik uchun yuqori maosh talab qilmoqda.

GFRning salmoqli qismida harorat noldan pastga tushgani muqobil transport turini izlashga majbur bo‘lganlar uchun vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

“Verdi” va ish beruvchilar munozarasi keskinlashmoqda. Kasaba uyushmasi rahbarlari mahalliy hokimliklarni nafaqani kamaytirish, ish kuni davomiyligini oshirishga urinishda ayblamoqda.

Muzokaraning keyingi bosqichi 9 fevralga rejalashtirilgan. Agar ish beruvchilar jiddiy yon bermasa, namoyish davom etishi mumkinligidan ogohlantirgan.

G.Sattorova, O‘zA