French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada o‘zbeklar bir-birlarini bayram bilan ikki marta tabriklashadi
19:38 / 2017-12-25

Nemislar 24-26-dekabr kunlari “Rojdestvo”ni tantana qilishgach, yangi yil bayramini bir oz sokinroq nishonlashadi. Biroq yangi yilni juda quvnoqlik bilan, ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oladilar.

Nemislar 24-26-dekabr kunlari “Rojdestvo”ni tantana qilishgach, yangi yil bayramini bir oz sokinroq nishonlashadi. Biroq yangi yilni juda quvnoqlik bilan, ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oladilar.

Ko‘pchilik nemislar bayramni avvaldan buyurtma qilib qo‘yilgan kafe, bar, restoranlarda nishonlasa, yosh bolalilar, keksalar oila davrasida – uyda o‘tirishni hush ko‘radi. Bir-birlariga "Guten Rutsch" ya’ni, eski yildan yangi yilga "yaxshi, omadli o‘tib olish”ni tilashadi. Yangi yil kirgach, to‘p-to‘p bo‘lib sayrga chiqishadi va ancha vaqtgacha mushakbozlik qilishadi. Mushaklar faqat yangi yildan uch kun oldin sotuvga chiqarilishi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari Germaniyaning ramzi hisoblanmish Brandenburger Tor (Branderburg darvozasi)da har yili jahon musiqa yulduzlari ishtirokida katta konsert uyushtiriladi. Konsertdan bahra olish va yangi yil kirganda Brandenburg darvozasi uzra otiladigan rang-barang mushaklarni tomosha qilish uchun bu yerga bir millionga yaqin odam yig‘iladi.

Bayramni ko‘cha va xiyobonlarda nishonlayotganlar uchun tamaddixonalar eshiklari tonggacha ochiq bo‘lsa, xonadonlarda an’anaga muvofiq karp balig‘i yoki raklet, fondyu (eritilgan pishloq) pishiriladi. Yangi yilga sanoqli soniyalar qolganida nemislar divan va stullarga chiqib olib, “eski yildan yangi yilga” sakrashadi.

Germaniyada yashayotgan o‘zbeklar yangi yil bayramini 3-4 oila birgalashib kutib olishadi. Albatta, har bir xonadonda archa bezatiladi, o‘zbekcha kuy va qo‘shiqlar yangraydi, bolalar sovg‘a olish maqsadida o‘zbekcha she’rlar yodlashadi. Kimdir Qorbobo kiyimini kiyib, bolalarga sovg‘alar ulashadi. Taomnoma xuddi o‘zimizdagidek – birinchisiga suyuq ovqat, asosan qaynatma sho‘rva, ikkinchisiga manti yoki dimlama pishiriladi. Yangi yil yurtimizda qanday nishonlansa, xuddi shunday kutib olishga harakat qilamiz. Faqatgina farqi shundaki, bu yerda o‘zbeklar bir-birlarini bayram bilan ikki marta tabriklashadi, ya’ni Berlin vaqti bilan 20:00 da Vatanimizga yangi yil kirib kelgan bo‘ladi. O‘shanda hammamiz ota-onamiz, qarindosh-urug‘larimizni qutlashga shoshilamiz. Berlin vaqti bilan yangi yil kirib kelganida yana bir bor bir-birimizni tabriklaymiz

Qosim Tog‘ayev, o‘qituvchi
Berlin