Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada namoyishlar: o‘quvchilar nimadan norozi?
14:34 / 2025-12-06

Norozilik aksiyalari GFRning ko‘plab shaharlarida o‘tkazildi, jumladan, Berlindagi namoyishda 3 mingdan ortiq odam qatnashdi, deya xabar bermoqda “The Guardian” nashri.

Ta’kidlanishicha, mitinglarda asosan, o‘smir yoshidagi maktab o‘quvchilari ishtirok etgan, shuningdek, kichik yoshdagi bolalarning ota-onalari ham qatnashgan.

Namoyishlar Germaniya parlamenti - Bundestagda harbiy chaqiruv bo‘yicha yangi tartib ma’qullanganidan keyin boshlandi. Unga ko‘ra, nemis yoshlari 18 yoshga to‘lganida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi. 

Nashrning yozishicha, o‘lkada harbiy xizmatga borish ixtiyoriyligicha qoladi, ammo agar Germaniya Qurolli kuchlariga harbiylar yetishmasa, hukumat yoshlarni qur’a tashlash yo‘li bilan harbiy xizmatga chaqirishi mumkin.

O‘.Alimov, O‘zA