Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada koronavirusga qarshi kurash doirasida karantin choralari kuchaytirilmoqda
10:03 / 2020-12-14

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha 16 dekabrdan mamlakatdagi maktablar yopilishini, oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi do‘konlar va dorixonalar istisno tutilgan holda chakana savdoning aksariyat qismi to‘xtatilishini e’lon qildi.

“INTERFAX.RU” xabariga ko‘ra, “Chorshanbadan boshlab chakana savdo yopiladi”, dedi kansler. Shuningdek, sartaroshxonalar faoliyati ham to‘xtatiladi.  

Shu tariqa hukumat pandemiyani to‘xtatish bo‘yicha 2 noyabrda joriy qilingan choralarni kuchaytiradi. Cheklovlar kamida 10 yanvargacha amal qiladi. Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyada umumiy hisobda 1 million 336 ming 101 nafar kishi virusga chalingan, 21 ming 900 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.