Germaniyada koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi ortib bormoqda
Robert Kox instituti qatorasiga ikki kundan buyon Germaniyada koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi oshib borayotganini qayd etdi.
Unga ko‘ra, keyingi bir kunda kasallikka chalinish miqdori har yuz ming kishiga 1196,4 holatda qayd etilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich har yuz ming kishiga 1174,1 holatni tashkil etgandi. Bir hafta oldin esa bu ko‘rsatkich 1259,5 holatda ekani aytilgan.
Tahlilchilar miqdor aslida bundan ham ko‘proq bo‘lganini va test orqali tasdiqlanmagan holatlar statistikaga kirmay qolishini ta’kidlamoqda.