Germaniyada 2024 yil 1 apreldan 2025 yil 30 noyabrgacha ommaviy axborot vositalariga qarshi siyosiy sabablar bilan 818 ta jinoyat sodir etilgan. 2023 yilda esa bunday holatlar soni atigi 290 tani tashkil etgan, deb xabar berdi DW nashri.
So‘nggi yillarda Germaniyada jurnalistlarga qarshi jinoyatlar soni juda tez o‘sgan. Bu Germaniya Ichki ishlar vazirligining bergan ma’lumotlarida ham aniq ko‘rinadi.
Hujjatga ko‘ra, ushbu davrda Germaniya Federal jinoyat politsiyasi idorasi matbuotga qarshi siyosiy motivli 818 ta jinoyatni qayd etgan. Bu oyiga o‘rtacha 41 ta holat bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 71foizga ko‘p deganidir.
Jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning 406 tasi Germaniya poytaxti Berlin hissasiga to‘g‘ri keladi, bu barcha holatlarning deyarli yarmisi hisoblanadi. Qayd etilishicha, 211 ta qonunbuzarlik namoyishlar vaqtida sodir etilgan. Ular orasida 73 tasi jurnalistlarga qilingan zo‘ravonlik jinoyatlari bo‘lib, bu barcha zo‘ravonlik holatlarining 82 foizini tashkil qiladi.
Internet orqali jurnalistlarga qarshi qilingan huquqbuzarliklar soni ham oshib bormoqda. 2024 yilda 217 ta bunday holat qayd etilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 333 taga yetgan.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Chegara bilmas reportyorlar” tashkiloti 2024 yilda Germaniyada OAV xodimlari va tahririyatlarga qilingan 89 ta hujumni hujjatlashtirgan. 2025 yilda esa bunday holatlar soni 55 tani tashkil etgan. Ko‘pincha hujum qilganlar jurnalistlarni oyoq va musht bilan urishgan, ayrim hollarda turli buyumlardan ham foydalanishgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uIWfMRkpf2I" title="Germaniyada jurnalistlarga qarshi hujumlar sonioshmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA