English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada “COVID-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: O‘zbekiston tajribasi” nomli maqola chop etildi
11:44 / 2020-11-10

Germaniyada yilning har choragida nemis va ingliz tillarida nashr etiladigan «BUSINESS & DIPLOMACY» jurnalida “Covid-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: O‘zbekiston tajribasi” nomli maqola chop etildi.

Ushbu nufuzli nashr tomonidan chop etilgan maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ish o‘rinlarini saqlab qolish va O‘zbekiston mehnat bozoriga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan amalga oshirilgan keng miqyosdagi ishlar xususida so‘z yuritiladi.

Jurnalda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanovning so‘zlari keltirilar ekan, unda mazkur jumlaga alohida urg‘u beriladi: “Aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar hamda O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi kurashish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 8 oy ichida 826 ming nafar kishi doimiy ish o‘rniga va daromad manbaiga ega bo‘lishga imkon yaratildi”.

Shuningdek, «BUSINESS & DIPLOMACY» jurnalining ushbu maqolasida xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya tizimi shakllanishining asl mohiyati, maqsadi va mexanizmlari ochib berilgan.

Bu borada mamlakatimizda qanday ishlar olib borilganligi va qanday natijalarga erishilganligi bo‘yicha Vazirning birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov nemis jurnalistlarga batafsil ma’lumot berdi.