Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyada bo‘lib turgan bir guruh o‘zbekistonlik sudyalar Berlindagi referendum uchastkasida ovoz berdi
18:22 / 2023-04-30

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning mintaqaviy dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va ma’muriy sudlar sudyalaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasida tajriba almashish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Oliy sud axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Berlin shahridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasida bo‘lib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berdi.

               O‘zA