Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya “Yevro-2024”ni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
12:16 / 2024-06-15

Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati boshlandi. Musobaqaning ochilish o‘yinida "A" guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

“Allianz Arena” stadionida o‘tgan o‘yinda Germaniya 5:1 hisobida Shotlandiyani mag‘lub qildi. O‘yinda Virs, Musiala, Xavers Fyullkrug, Jan bittadan gol urgan bo‘lsa, Ryudiger kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.  

Bugun, 15 iyun kuni chempionat doirasida “A” va “B” guruhlaridan o‘rin olgan bahslar o‘tkaziladi.  

“A”: Vengriya - Shveysariya (18:00)  

“V”: Ispaniya - Xorvatiya (21:00)  

“V”: Italiya - Albaniya (00:00)  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA