Germaniya iqtisodiyot vaziri Katerina Reyxe aytishicha, AQSH tarifi ko‘hna qit’a eksport kompaniyalariga sezilarli ta’sir qilgani bois, Yevropa Ittifoqi va AQSH savdo mojarosiga imkon qadar tezroq “pragmatik” yechim topishi kerak.
Prezident Donald Tramp shanba kuni AQSH 1 avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kirib keladigan tovarlarga 30 foiz soliq joriy etishi, ilgari kiritilgan tarmoq boji ham kuchida qolishini ma’lum qildi.
“Bild” gazetasi Reyxening fikridan quyidagi iqtibosni keltirgan: -Qolgan vaqt ichida YeI mojaroning asosiy nuqtasiga yo‘naltirilgan yechim bo‘yicha AQSH bilan pragmatik tarzda kelishib olishi kerak. Biz bu yo‘nalishdagi komissiyani qo‘llab-quvvatlaymiz. Tarif Yevropa va ayni payt Atlantika okeani narigi tomonidagi iqtisodiyot va iste’molchilarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Muzokaraning pragmatik natijasiga tezroq erishish kerak.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen AQSH tomonidan YeIga nisbatan yangi boj siyosati joriy etilishi asnosida 1 avgustgacha savdo bitimi tuzish niyatidaligini bildirgandi.
S.Rahimov, O‘zA