Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya Venesuelaga yangi sanksiyalar joriy qilishni qoʻllab-quvvatlaydi
17:13 / 2019-02-25

Germaniya Federativ Respublikasi hukumati rasmiy vakili Ulrike Demmer dushanba kungi brifingda Berlin Venesuelaga yangi sanksiyalar joriy qilishni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

“Sizga maʼlumki, Yevropa Ittifoqi rejimning alohida aʼzolariga nisbatan shaxsiy choralar qabul qildi. Biz kelgusidagi sanksiyalarni qoʻllab-quvvatlaymiz va bu borada yevropalik sheriklarimiz bilan izchil aloqadamiz” degan hukumat rasmiy vakili. 

Joriy yilning 23 yanvarida Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo oʻzini mamlakatning vaqtinchalik Prezidenti, deb eʼlon qildi. AQSH va qator mamlakatlar, xususan Yevropaning 20 ta davlati uning yangi maqomini tan oldi. Rossiya, Xitoy kabi davlatlar esa Venesuelaning qonuniy davlat rahbari sifatida amaldagi Prezident Nikolas Maduroni tan olgan.