Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya va Ukraina qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi
11:42 / 2025-05-29

Germaniya Ukrainada uzoq masofaga uchadigan qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha ushbu mamlakat bilan kelishuv imzoladi. GFR Mudofaa vazirligi shu haqda ikki davlat harbiy mahkamasi rahbarlari - Boris Pistorius va Rustem Umerov uchrashuvi yakuniga yetgach, xabar tarqatgan.

Chorshanba kuni Kansler Fridrix Mers Vladimir Zelenskiy bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida Germaniya Ukrainani zamonaviy  qurollar yaratishda qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgandi.

Joriy yil Ukrainaga uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollar yetkazib turiladi.