French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi yangi bosqichga chiqdi
22:39 / 2026-02-05

Toshkentda “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahlil markazlari birinchi onlayn-forumi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) tomonidan ekspertlar muhokamasi tarzida tashkil etilgan tadbir doirasida 2024 yil sentyabr oyida Ostona shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammiti, shuningdek 2025 yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yakunlaridan kelib chiqib, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboli muhokama qilindi.

Anjumanda tomonlarning yetakchi tahlil markazlari va ekspertlik tuzilmalari vakillari, jumladan Fan va siyosat jamg‘armasi Xalqaro siyosat va xavfsizlik instituti (SWP) huzuridagi Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo tadqiqotlari guruhi, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazi (ZOiS) hamda Germaniya tashqi siyosat jamiyati (DGAP) mutaxassislari chiqish qildilar.

[gallery-27500]

So‘nggi yillarda Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqa sezilarli darajada faollashib, o‘zaro savdo aylanmasi 10.83 milliard yevroga yetdi. Jumladan, nemis eksporti hajmi 5.21, import ko‘rsatkichi esa 5.62 milliard yevroni tashkil etdi.

GFR kompaniyalari tomonidan mintaqa iqtisodiyotiga kiritilgan 12 milliard yevrolik investitsiya natijasida 35 000 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni payt nemis kapitali ishtirokidagi qariyb 900 korxona sanoat ishlab chiqarishi va xizmat ko‘rsatish sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda.

Bunday uchrashuvlar esa o‘zaro sheriklikni yanada mustahkamlashga yondashuv va mavjud tashabbuslarni muvofiqlashtirish, yangi ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish uchun ochiq, samarali muloqot maydoni vazifasini bajaradi.

Dilshod Hakimov, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA