Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya va mahalliy korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirildi
11:55 / 2024-07-19

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev va “German Industry and Commerce ” MCHJ rahbari Otabek Alimjonov o‘rtasida “Skills Expert Program” loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim imzolandi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad professional ta’lim muassasalarida O‘zbekistondagi Germaniya korxonalari va mahalliy korxonalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat.   

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur loyiha 3 yil davomida amalga oshiriladi va Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.   

Loyiha doirasida professional ta’lim muassasalarining dual ta’lim shakli o‘quvchilari uchun Germaniya standartlariga muvofiq nazariy va amaliy shakldagi yakuniy malaka imtihonlari tashkil etiladi.   

Imtihon natijalariga ko‘ra, tashkilot tomonidan Germaniya kompaniyalarida tan olinadigan sertifikat beriladi.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA