Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya ukrainalik harbiylarni yollaydi
17:23 / 2026-02-17

“Spiegel” nashri xabar berishicha, Germaniya tomonidan nemis qo‘shinlarini o‘qitish uchun jangovar tajribaga ega ukrainalik harbiy xizmatchilar yollanishini nazarda tutadigan tegishli kelishuv Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan Myunxen konferensiyasi doirasida imzolangan.

GFR tomoni Ukraina harbiylari o‘z jangovar tajribasi, drondan foydalanish mahorati, dushman hujumiga qarshi mudofaa usullari, qo‘mondonlik va nazorat bilimi va ko‘nikmasini Bundesver o‘quv muassasalaridagi harbiy xizmatchilar bilan baham ko‘rishini istaydi. “Hozir NATOda Ukrainadan ko‘ra ko‘proq jangovar tajribaga ega hech kim yo‘q, ulardan foydalanishimiz kerak”, deya ta’kidlagan Germaniya armiyasi rahbari.

Mashg‘ulotning aniq tafsiloti hali aniq emas. Amaliyot imkon qadar tezroq boshlanishi kutilyapti. Ukrainalik yo‘riqchilar GFRda bir necha hafta qolishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA