Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya tashqi ishlar vaziri Ukraina bo‘yicha bayonot berdi
14:40 / 2025-07-21

– Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazmayapti, - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful “Bild” nashriga bergan intervyusida. – Butun Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, AQSH ham yordam berishga tayyor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy rahbari Donald Tramp go‘yoki Germaniya kansleri Fridrix Mersning sa’y-harakatlaridan keyin RF yetakchisi Vladimir Putinga nisbatan munosabatini o‘zgartirgan.

Dushanba kuni Tramp Rossiya hukumatiga Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvini ta’kidlab, rasmiy Moskvaga bu uchun 50 kunlik muhlat berishini aytdi. Agar shartlar bajarilmasa, u neft, gaz va boshqa energiya resurslarini sotib oluvchi davlatlarga ikkilamchi bojlar bilan birga Rossiya tovarlari importiga 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qildi.

Shu bilan birga, u AQSH va YeI Ukrainaga Amerika qurollarini jo‘natishga kelishib olganini, xarajatlarni Yevropa o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi. 

Kelgusi yetkazib berishlar nafaqat raketalarni, balki “Patriot” havo mudofaa tizimlarini ham o‘z ichiga oladi.

Vladimir Putin AQSH prezidentining bayonotlariga hozircha izoh bermadi. Oq uy rahbarining bayonotiga Kreml matbuot xizmati vakili Dmitriy Peskov munosabat bildirib, Trampning ushbu rejasi biznes ekanligini aytgan. 

S.Rahimov, O‘zA