Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya tajribasi O‘zbekiston sanoatida qo‘llaniladi
14:15 / 2025-10-14

O‘zbekiston kimyo sanoatida zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi va ilg‘or texnologik yechimlar asosida energiya tejamkor hamda ekologik toza usullarni joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda.

“O‘zkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJ rahbariyati Germaniyaning “Linde” kompaniyasi mutaxassislari bilan o‘tkazgan uchrashuvi shunday hamkorlik namunasidir. 

Suhbat chog‘ida havoni taqsimlash uskunacini qurish, uni ishga tushirish va foydalanish jarayonlariga oid masalalar muhokama etildi.

Tomonlar ta’kidlaganidek, mazkur uskuna ishlab chiqarish jarayonida zararli moddalarni samarali ajratish, xavfsiz ish muhitini ta’minlash hamda energiya sarfini kamaytirish imkonini yaratadi. Bu nafaqat ekologik barqarorlikka hissa qo‘shadi, balki ishlab chiqarish samaradorligini ham oshiradi.

Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng yiliga 200 million metr kub kislorod va 224 million metr kub azot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu mahalliy kimyo sanoati salohiyatini kuchaytiradi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi uskuna ishga tushirilgandan keyin mahalliy sanoatda texnologik rivojlanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam qo‘yiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha bosqichlarning samarali va tezkor amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA