Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya qurol eksportini oshirdi
17:58 / 2026-03-09

Ayni payt Germaniya qurol eksportining qariyb to‘rtdan bir qismi Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga sarflanmoqda. “Handelsblatt” gazetasi Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) hisobotiga tayanib yozishicha, GFR so‘nggi yillarda jahon bozoriga qurol yetkazib berishni ko‘paytirdi va sanoat yetakchilari orasidagi mavqeini mustahkamladi.

Hujjatda 2021-2025-yillari yirik qurol yetkazib beruvchilar beshligidan Xitoy, AQSH, Rossiya va Fransiya ham o‘rin olgani keltirilgan.

- Germaniya  to‘rtinchi yirik qurol eksportchisiga aylanib, bu borada Xitoyni quvib o‘tdi, - deyilgan hisobotda. - Mamlakatda mazkur soha eksportining qariyb 25 foizi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga sarflanmoqda.

Shuningdek, GFR Isroil va Misrga harbiy aslaha yetkazib berishni 17 foiz oshirgani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Fevral oyida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Berlin Ukrainaning eng yirik homiysiga aylangani, 2022-yildan beri faqat harbiy ehtiyoj uchun 55 milliard yevro ajratganini e’lon qilgan edi.

S.Rahimov, O‘zA