Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya prezidenti: “Sharqiy Yevropa jangovar ziddiyat tahdidida yashamoqda”
12:41 / 2022-02-14

Germaniyaning qayta saylangan prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Yevropada urush tahdidi borligini aytib, mintaqadagi tinchlik uchun barchani birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra: “Rossiya va G‘arb munosabatlaridagi keskinlik sabablari bo‘yicha ko‘p bahslashish mumkin. Lekin bir holat mavjudligi shubhasiz: biz Sharqiy Yevropada jangovar ziddiyat tahdidida yashayapmiz, buning uchun Rossiya javobgar bo‘ladi”, dedi Shtaynmayer prezident sifatida saylanganidan so‘ng Federal yig‘ilishdagi chiqishi chog‘ida. 

“Demokratiyada hammasi bir xil bo‘lmaydi, lekin ichki jihat yaxlit: dunyoning qutblashishini istamaymiz, biz tinch qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat bo‘lishini istaymiz, bu Vashington, Parij va Berlinning yaxlit fikri”, dedi Shtaynmayer.