Germaniya Moldovaga 40 million yevro ajratilishini e’lon qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Moldovani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Bu haqda “Armenpress” xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligi Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi bilan birgalikda federal hukumat nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yordami uchun Moldovaga 40 million yevro ajratadi.
Darvoqe, Burbok Buxarestda Moldovani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. Birinchisi aprel oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan edi.